XOJA AHRORIY

XOJA AHRORIY — mahalliy ertapishar xo’raki uzum navi. Tupi o’rtacha o’sadi. Bargi tugarak, butun yoki uch bulmali, tuksiz. Guli ikki jinsli. Uzum boshi yirik, tsilindrsimon, o’rtacha zich yoki havol. G’ujumi o’rtacha, dumaloq tuxumsimon, po’sti yupqa va mayin, xushxo’r, ko’kimtir-novvot rang. Tarkibida qand moddasi 20-22%. Avgust boshlarida pishadi. Hosildorligi 100-140 tsentner/gektar. Asosan, tomorqa bog’larda yetishtiriladi.