Xo’ja Qurbon madrasasi
Xo’ja Qurbon madrasasi – Qarshidagi me’moriy yodgorlik (18-asr). Madrasa murabba tarxli (21,25×21 metr), bosh tarzi peshtoq bilan ajratilgan, pishiq g’isht (21x24x4 santimetr)dan ko’rilgan. Kichik hovli (10,7×9,1 metr) atrofi hujralar bilan o’ralgan; hujralar murabba tarxli, balxi gumbazli. Peshtoqdan gumbazli miyonsaroy orqali hovliga o’tiladi. Miyonsaroyga faqat bir tomondan murabba tarxli darsxona tutash (darsxona devorlariga tokchalar ishlab kengaytirilgan, gumbazi qalqonsimon bag’allarga tayangan), darsxonaning qaramaqarshi tomonini bir juft tor hujralar egallagan. Xo’ja Qurbon madrasasi sirti silliqlangan g’ishtlar bilan tekis ishlangan.