XO’JALIK MEXANIZMI

XO’JALIK MEXANIZMI – iqtisodiyotni boshqarishga yordam beradigan iqtisodiy dastak va rag’batlar hamda tashkiliy shakllar majmuyi va birligi. Xo’jalik mexanizmi rejalashtirish, boshqaruv usullari, baholar, moliyaviy va kredit dastaklari, mehnatga haq to’lash shakllari va boshqa iqtisodiy rag’batlarni o’z ichiga oladi.