Xo’jayev Shuhrat Xurshidovich

Xo’jayev Shuhrat Xurshidovich (1969.11.7, Buxoro) — sambochi-kurashchi. O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sport ustasi (2000), «O’zbekiston iftixori» (1998). Sambo bo’yicha 90 kilogramm vaznda Osiyo chempioni (1996, Krasnoyarsk; 1997, Ulanbator; 1998, Toshkent; 1999, Singapur; 2000, Uralsk; 2001, Toshkent), Osiyo kubogi g’olibi (1995, Bishkek), jahon chempioni (1996, Tokio; 2000, Kiyev), jahon kubogi g’olibi (1996, 1998, Kstova). Kurash bo’yicha Osiyo chempioni (2001, Toshkent), jahon chempionati bronza medali sovrindori (1999, Toshkent). Xo’jayev kurashning sumo turi bo’yicha ham ko’plab xalqaro musobaqalarda sovrinli o’rinlarni egallagan. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini tugatgan (1994). 1990 yildan Buxorodagi kurashga ixtisoslashgan 2-bolalar-o’smirlar olimpiya zaxiralari maktabida murabbiy.