XOKA

XOKA — AQShning Kaliforniya shtatida va Meksikadagi indeys xalklari Guruhi (Shasta, pomo, karok, yana, vasho, Salina, chumash, yuma, achomaviasugevi, chimariko, chontallar, tlapaneklar). 70 ming kishiga yaqin (1990-yillar o’rtalari). Xokaltek tillarida so’zlashadi. An’anaviy e’tiqodlar saqlangan. Asosan, dehqonchilik, ovchilik va baliq ovlash bilan shug’ullanadilar.