XOKREZ

XOKREZ (forscha, xok — tuproq va rez — to’qmoq, uymoq) — tuproqdan yasalgan ko’tarma, tepa. Xokrezdan o’rta asr harbiy strategiyasida mudofaa inshooti sifatida foydalanilgan. Odatda, xandaq bilan qal’aning tashqi devori oralig’ida barpo etilgan. Xokrez dushman qo’shinlarining qal’aga qattiq hujum qilishida qiyinchilik, qal’a mudofaachilari uchun dushmanni kuzatish va o’qka tutishda qulaylik tug’dirgan. Ba’zida halok bo’lgan mudofaachilar Xokrezga dafn etilgan.