Xokusay Kasusika
Xokusay Kasusika, Nakadzima Tamekadzu [1760 — Edo (Tokio) — 1849.18.4] — yapon rassomi, Ukiyoe yo’nalishining yirik namoyandasi. Yapon gravyurasida manzara janri asoschisi. Kasukava Syunso va boshqa ustalardan ta’lim olgan (1777-78). Xitoyning Min davri, Kano maktabi rassomligini o’rgangan, «go’zallar», «odamlar», manzara janrlarida ijod qilgan. 30 mingga yaqin gravyura va rasmlar yaratgan (15 jildli «Manga» kitobida, 1812-71). Yirik asarlarida dadil perspektiv samaralar taassuroti kutilmagan ranglar uyg’unligi orqali yapon manzaralarini o’ziga xos obrazini yarata olgan: «Fudzi tog’ining 36 ko’rinishi» turkumi (1823-29), «Turli viloyatlardagi yangi ko’priklar» (1827-30), «turli viloyatlar sharsharalari bo’ylab sayohat» (1827-33), «Fudzi tog’ining 100 ko’rinishi» (183435) va boshqalar. Xokusay asarlari hozirgacha qiziqib o’rganiladi, ko’rgazmalarda namoyish etiladi, rassomlar (jumladan, o’zbekistonlik rassomlar) ijodiga ta’siri kuzatiladi.