Xolesterin, xolesterol
Xolesterin, xolesterol —sterinlar guruhiga mansub modda. Birinchi marta o’t toshidan ajratib olingan. Suvda erimaydi, organik erituvchilarda yaxshi eriydi, rangsiz kristall. Xolesterin barcha tirik organizmlarda uchraydi; Xolesterinning ko’p qismi nerv hamda yog’to’qimalarida, tuxum va sperma hujayralarida, jigarda (Xolesterin biosintez qilinadi), buyrak usti bezlarida, va boshqalarda bo’ladi. Qon plazmasida Xolesterin yuqori yog’kislotalari (olein kislota) bilan birga murakkab efir holida uchraydi. Organizmda Xolesterin buyrak usti bezlari gormonlari, o’t kislotalar, D vitamini va boshqalar almashinuvida qatnashadi. Odam qonida o’rtacha 150-200 mg% Xolesterin bo’ladi. Ko’proq yog’li ovqat iste’mol qiladigan kishilarda Xolesterin miqsori ko’payadi, bu o’t toshlari hosil bo’lishiga, qon tomirlari devorida Xolesterin to’planishiga va moddalar almashinuvining buzilishi va boshqalarga olib keladi.