Xonabazm
Xonabazm — o’zbek xalq raqsining turi; bazmning uy ichida o’tkaziluvchi shakli. Kichik davraga mo’ljallangan bo’lib, ko’pincha yakka raqqos yoki. Raqqosa san’atini namoyish etishga qaratilgan, qo’l, yelka, ko’krak, bel harakatlari, Mimika vositalari, nigohlar, jilvalar keng ishlatiladigan raqslar turkumi Xonabazm (ba’zan «kichik o’yin») deb ataladi. Ular orasida Yalla, lapar va baytlar bilan ijro etiluvchi lirik, xarakterli, kulgili o’yinlar ko’p uchragan. Hukmdorlarning qasrlarida uyushtiriladigan bazmlarda raqslardan tashqari kuy tinglangan, ashula aytilgan, she’rxonlik, badihago’ylik bo’yicha musobaqalar o’tkazilgan, ko’zbog’lovchilar, nayrangbozlar tomosha bergan va hokazolar. 20-asrda Xonabazm raqslaridan ba’zilari qayta ishlanib, sahnaga olib chiqiddi. Muhiddin Qoriyoqubov rahbarligidagi etnografik ansamblda tiklanib, ijro etilgan «oyijon», «Qorasoch ukam», «Olmacha anor», «Hiliyla yorim», «chilvir soch» kabi lapar-o’yinlar shular jumlasidan. Ad.:Avdeeva L. A., O’zbek milliy raqsi tarixidan, T., 2001. Muhsin Qodirov.