Xorien qal’asi

Xorien qal’asi, Xorien qoyasi — makedoniyalik Iskandar (Aleksandr) ning Turonzaminga qilgan bosqinchilik yurishi davrida mahalliy Eparx (hokim) lardan biri — Xorien rahbarligida olib borilgan mudofaa (miloddan avvalgi 328 yil). Aleksandr Sug’d qoyasshsh egallagach, Paretaka («tog’lar o’lkasi») viloyatiga (Janubiy O’zbekistondagi Boysun tog’lari) yo’l olgan. Bu yerdagi mustaxkam qal’alardan biriga Xorien boshqa aslzodalar bilan o’rnashib olgan. U uzoq muddatga etadigan oziq-ovqat zaxirasini g’amlab, mudofaaga shay bo’lib turgan. Qal’aning balandligi 20 stadiy, aylanasi 60 stadiyni tashkil qilgan (1stadiy — 176,6 metr). Qal’a tik yon bagarli tog’da joylashib, unga faqat birgina tor so’qmoq yo’l orqaligina chiqish mumkin bo’lgan. Qoya tepasidan tez oqar tog’daryochasi oqib tushgan. Qal’aning tevarak atrofi chuqur xandaq bilan o’rab olingan. Qamaldagilar kutmaganda Aleksandrning shaxsan rahbarligida makedoniyaliklar qisqa muddatda xandaqni mixlar yordamida bir-biriga biriktirilgan qarag’ay (archa) yog’ochlari bilan to’ldiradilar. Kdmaldagilar dastavval dushmanning bu ishlariga befarq qarashgan, biroq makedon qo’shini ko’plab shotilar yasab, tog’ tepasiga chiqa boshlaganlarini ko’rgach, Xorien taslim bo’lishga majbur bo’lgan. Aleksandr 500 ta qalqonbardori bilan qal’aga ko’tarilib uning naqadar mustahkam ekanligiga shohid bo’lgan. Qishning qorbo’ronlaridan sshtlasi qurigan, oziq-ovqat zaxirasi tugay deb qolgan makedon qo’shini uchun Aleksandr Xorien qal’asidagi oziq-ovqat zaxirasini olgan. Aleksandr qal’ani va uning atrofidagi viloyatni Xorien ixtiyoriga qoldirib, o’zi Baqgriyaga yo’l olgan. Ad.: Arrian, Poxod Aleksandra, M. — L., 1962.