Xotira va qadrlash maydoni

Xotira va qadrlash maydoni — Toshkent shahridagi me’moriy majmua; 1999 yil O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi va rahbarligida barpo etilgan. Mustaqillik maydonilaya shimoldagi xiyobonda, mangu alanga yodgorligi atrofida joylashgan bo’lib, maydon kengligini davom ettirib turadi. Maydonning to’riga Motamsaro ona haykali o’rnatilgan (haykaltarosh I. Jabborov). Xiyobonning uzunligi 60 metr, uning shimol va Janub tomonida ayvonlar qad ko’targan, ayvonlar tokchalariga o’rnatilgan metall taxtalarga 2-jahon urushida halok bo’lgan o’zbekistonlik barcha jangchilarning ism-sharifi bitilgan. Ayvonlar milliy an’anaviy me’morlik uslubida ustunli, vassajuftli qilib qurilgan. Majmuani bunyod etishda va o’ymakorlik bilan jozibador bezashda respublikadagi mohir ustalar: A.A6dullaev (Qo’qon), X. Bog’bekov (Xorazm), H. Odilov, S. Rahmatullaev (Toshkent), H.Sohibnazarov (Samarqand), Y.To’laganov (Andijon) shogirdlari bilan birgalikda qatnashgan (xuddi shunday me’moriy inshootlar respublika viloyatlarining markazlarida ham bunyod etilgan).