Xovdog’

Xovdog’ — Surxondaryoning o’ng sohilidagi qir. Shimoldan janubga taxminan 15 kilometrga cho’zilgan, eni 5-8 kilometr. Surxondaryo va Sherobod vohalari oralig’ida. Balandligi 553 metrgacha. Atrofidagi tekisliklardan deyarli tik ko’tarilgan. Tektonik jihatdan antiklinal struktura. Bo’r, paleogen, neogen, qumtosh, konglomerat, gil, ohaktoshlardan tashkil topgan. Iqlimi keskin kontinental, yog’ingarchilik kam (100-130 millimetr). Surqo’ng’ir tuproklar tarqalgan, efemer va efemeroidlar usadi. Neft konlari ochilgan.