Xromatlar

Xromatlar — xromat kislotalarning tuzlari. Ishqoriy muhitda barqaror; kislotali muhitda dixromat larta aylanadi. Kaliy xromat va natriy xromat muxim ahamiyatga ega. Kaliy xromat K,SgO4 — sariq kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 968,3°, zichligi 2,732 g/ sm3, suvda yaxshi eriydi. Natriy xromat Na2Cr04 — sariq kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 790°, zichligi 2,72 g/sm3; gigroskopik, suvda yaxshi eriydi. Kaliy va natriy Xromatlar kimyoviy reaktiv sifatida, gazlamalarni ohorlashda, teri sanoatida, urug’ni dorilashda, yog’ochni konservatsiyalashda ishlatiladi.