XUBER ROBERT

XUBER ROBERT (1937.20.2, Myunxen) — nemis biokimyogari. Myunxen texnika universitetini tugatgan (1960). Martinsriddagi (Myunxen yaqinida) M.Planka nomidagi jamiyatning biokimyo institutida ishlaydi (1978 yildan institut direktori). Asosiy ilmiy tadqiqotlari murakkab Bioorganik birikmalar, shu jumladan, oqsillarning rentgenostrukturaviy analiziga oid. 1970 yilda immunoglobulinlarning uchlamchi tuzilishini yuqori darajada aniqlashga erishgan. 1982 yilda Y.Dayzenxofer bilan hamkorlikda membranali integral oqsilning uch o’lchamli tuzilishini aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1988; Y. Deyzenxofer va X. Mixel bilan hamkorlikda).