XUFYONA IQTISODIYOT

XUFYONA IQTISODIYOT – davlat tomonidan nazorat qilinmaydigan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish, ya’ni soliq to’lamaydigan, qonunlarga bo’ysunmaydigan ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish. Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash vositalari quyidagilar: erkinbozorni vujudga keltirish, mulkka davlat egaligini va markazlashtirilgan direktiv rejalashtirishni yo’qotish.