Xumuliy

Xumuliy, Jumaquli ibn so’fiy Tag’oyi turk Urgutiy Samarqandiy (19- asr) — shoir va yozuvchi. Buxoro amiri Nasrullo (1827-60) davrida Urgutda qozilik qilgan. O’zbek va tojik tillarida Nasr va nazmda ijod etgan, tarixiy asarlar ham yozgan. Zamondosh olim va shoirlarning tarjimai holini yozib qoldirgan. Xumuliyning «tarixi Xumuliy», «Manzumoti tarixiy», «Shoh va gado», «Devoni Xumuliy», «Shayx Musoxon adDahbidiyning tarjimai holi» kabi asarlari bor. «Tarixi Xumuliy»da ba’zi bir darvesh shayxlarning tarjimai holidan va mang’itlar sulolasi tarixidan ma’lumotlar keltirilgan. «Manzumoti tarixiy» asarida esa 1870 yil sodir bo’lgan tarixiy voqealar she’r bilan bayon qilinadi.