Xurmoy, qizil xurmoy
Xurmoy, qizil xurmoy — o’rtapishar xo’raki uzum navi. Vatani — O’zbekiston. Sharqiy ekologik-geografik navlar guruhiga mansub. Xurmoy ko’proq O’zbekistonda o’stiriladi. Tupi kuchli o’sadi. Bargi o’rtacha, dumaloq, guli ikki jinsli. Uzum boshi o’rtacha (200 -300 gramm), shakli tsilindrsimon, o’rtacha zich. G’ujumi yirik, uzunchoqovalsimon, to’q qizil, binafsha rang, yupqa nim g’ubor bilan qoplangan. Pusti qalin etdor. Hosili faol harorat yig’indisi 2700° da o’rtacha 150 kunda etiladi. Novdalari yaxshi pishadi. Kasalliklarga o’rtacha chidamli. Hosildorligi 160-200 ts/ga. Yangiligida yeyiladi, Kjnura saqlanadi. Uzoq joylarga yuborishga chidamli.