Xurmoyi

Xurmoyi — o’rtapishar jaydari o’rik navi. Bovdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutining Samarqand filialida Xurmoyi navi klonidan ajratib olingan. O’rta Osiyoda keng tarqalgan. Daraxti katta, 100 yilgacha yashaydi, shox-shabbalarining qalinligi o’rtacha, balandligi 7 -7,5 metr, kengligi 8 -8,5 metr. Chetdan changlanadi, iyun —iyulda pishadi. Mevasi keng tuxumsimon, zarg’aldoq, xushbo’i, shirali. Tarkibida qand miqdori 14 -16%, nordonligi 0,3%. Danagi etidan oson ajraladi. Ko’chati o’tqazilgach, 4-5 yilda hosilga kiradi. Tupidan 200 kilogrammgacha hosil olinadi. Mevasi yangiligida yeyiladi, konserva qilinadi va qoqi solinadi. 1959 yildan Davlat reyestriga kiritilgan. Toshkent, Andijon, Farg’ona, Namangan, Sirdaryo, Xorazm viloyatlarida rayonlashtirilgan.