Xurshid Do’stmuhammad

Xurshid Do’stmuhammad (asl nomi Do’stmuhamedov Xurshid) (1951.8.1, Toshkent) — yozuvchi, jurnalist. Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1973). «Fan» nashriyoti hamda «Fan va turmush» juranlida muharrir va bo’lim muharriri (1973— 83), «qishloq haqiqati» gazetada muxbir (198384), «yosh kuch» jurnalida bo’lim muharriri, bosh muharrir o’rinbosari, bosh muharrir (198495), Respublika Prezidenta devonida mas’ul xodim (1995-97), «Hurriyat» gazetada bosh muharrir (1997— 2002) va ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo’llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg’armasida hamrais (1997-2004). «O’zbekiston matbuoti» jurnalining bosh muharriri (2002-05), O’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining rais o’rinbosari (2004 — 05). O’zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi (2004). Dastlabki kitobi — «hovli etagidagi uy» (1989). Shundan keyin yozuvchining «Panoh», «Oromkursi», «So’roq», «Sof O’zbekcha qotillik», «Mahzuna», «Ibn Mug’anniy», «Yolg’izim — Siz», «Ko’z qorachig’idagi uy», ayniqsa, «Jajman» (1997) asarlari, shuningdek, «hijronim mingdir mening» (2000) qissa va hikoyalar to’plami, «bozor» (2000) romani nashr etilgan. Xurshid Do’stmuhammad, shuningdek, qatag’on qurbonlaridan birining fojiali taqdiriga bag’ishlangan «Hamid A’lamovning aytolmagan gaplari» xotira-essesi va «jurnalist bo’lmoqchimisiz?» (2002) risolasi, «Chayongul» kinossenariysi muallifi (2000). Xurshid Do’stmuhammad 1 va 2 chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo’mitasi raisi (2005 yildan).