YAGAYLO

YAGAYLO, Yogayla (taxminan 1350— 1434.1.6) — Litva buyuk knyazi (1377— 92, tanaffuslar bilan), Polsha qiroli (Vladislav II Yagello nomi bilan, 1386 yildan) yagellonlar sulolasi asoschisi. Olgerdning o’g’li, Gediminning Nabirasi. 1380 yil Moskva ulug’ knyazligiga qarshi Oltin O’rda bilan ittifoq tuzgan; Kulikovo jangipa Mamayning ittifoqchisi bo’lgan. Tevton ordeni yordamiga suyangan. 1386 yil 18 Fevralda Polsha qirolichasi Yadvigaga uylangan, natijada Yagaylo Polsha qiroli ham bo’lgan. Biroq muxolifat uni Litvadagi hokimiyatni topshirishga majbur qilgan (1392, Yagayloda faqat Litva «oliy knyazi» unvoni qolgan). 1409-11 yillardagi Tevton ordeniga qarshi Buyuk urushda va 1410 yildagi Gryunvald jangida ittifoqdosh polyaklit va rus armiyalari qo’mondoni bo’lgan. Yagaylo o’zini iqtidorli tashkilotchi va sarkarda sifatida ko’rsatgan.