YAG’NOB

YAG’NOB, Yag’nobdaryo — Tojikistonning Sug’d viloyati Ayniy tumanidagi Daryo. Fondaryoning o’ng boshi irmogi. Hisor tizmasining shimoliy yon bag’rida, 3400 metr balandlikdagi kichik muzlikdan boshlanadi. Zarafshon va Hisor tizmalari oralig’i bo’ylab g’arbga tomon oqadi va Iskandardaryo bilan qo’shilib fondaryoni (Zarafshon havzasi) hosil qiladi. Uzunligi 116 kilometr, havzasining maydoni 1660 kilometr kvadrat. Vodiyning yon bag’irlari tik va pastroq. Yag’nob muzlik, qor suvlaridan to’yinadi. Havzasida umumiy maydoni 100,7 kilometr kvadrat bo’lgan 435 muzlik bor. O’rtacha ko’p yillik suv sarfi (Takfon qishlog’i yonida) 33,3 metr kub/ sekund. O’rtacha yillik suv sarfi 41,9 metr kub/sekunddan 23,9 metr kub/sekundgacha o’zgaradi. Yag’nob Loyqa Daryo, har 1 metr kub suvida o’rta hisobda 300 gramm loyqa bor. Qishda muzlamaydi, faqat shovush oqishi kuzatiladi. Suvi sug’orishda foydalaniladi. To’linsuv davri aprel — sentyabr oylarida bo’lib o’tadi. Yag’nobga umumiy uzunligi 200 kilometrdan ortiqroq bo’lgan 80 dan ziyod irmoqchalar quyiladi. Shulardan yiriklari: o’ngdan Hazorchashma, Chapdagi irmoqlari Tagobigul, Tagrich, Pindor, Dijikrud.