YALANG’OCHOTA

YALANG’OCHOTA — o’tmishda o’zbek va qozoq xalqlarida shamol homiysi. Etnograf A.Divayev keltirgan qozoqlarda shamol chaqirish marosimida ijro etiladigan qo’shiqda shamol homiysi sifatida Yalang’ochotaga murojaat etiladi. Yalang’ochotaga e’tiqod qilish Toshkent atroflari va Janubiy Qozog’istonda yashovchi o’zbeklar o’rtasida keng tarqalgan. Uning shaxsiyati bilan bog’liq mikrotoponimlar ham mavjud. Masalan, hozirgi Toshkent shahri shimoli sharqidagi mavze yalang’och deb ataladi.