YALDIROVUQ

YALDIROVUQ (Yaxdirovuq) — O’zbekiston Respublikasi Xorazm viloyatining Janubiy chegarasi va Turkmanistonning shimoliy chegarasidagi ko’l. Yangiariq tumanidagi Oqmachit qishlog’idan 10 kilometr Janubi Sharqda, 90 metr balandlikda joylashgan. Havzasi maydoni 0,68 kilometr kvadrat. Uzunligi 2 kilometr, eng keng joyi 0,6 kilometr. Shimoldan Janubga cho’zilgan. Ko’l 0,4 kilometr shimolroqda oqib o’tuvchi ko’llar kollektoridan kelgan yer osti va tashlama suvlaridan to’yinadi. Suvi sho’r.