YALPI ICHKI MAHSULOT

YALPI ICHKI MAHSULOT – ma’lum davr 1 yil mobaynida mamlakat ichida ishlab chiqarilgan barcha tayyor tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlarning pul ko’rinishidagi qiymati. 3 ta metod: daromadlar, xarajatlar va qo’shimcha qiymat metodi orqali hisoblab chiqiladi. Rivojlangan mamlakatlarda XX asrning 50-yillaridan boshlab statistikada yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichi qo’llanila boshlandi. Ushbu ko’rsatkich yordamida milliy iqtisodiyotning rivojlanish qonuniyatlari va tendensiyalarl tahlil etiladi, boshqa mamlakatlar iqtisodiyotlarining rivojlanish natijalari bilan solishtiriladi, iqtisodiyotning ishlab chiqarish strukturasiga baho beriladi, iqtisodiyotning qanchalik tashqi iqtisodiy aloqalarga bog’liq ekanligi aniqlanadi. Yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichi yalpi milliy mahsulotdan mamlakatning tashqi kapital sarflaridan olgan foyda saldosi miqdoriga farq qiladi. Chunki hozirgi sharoitda o’ta yirik korxonalar faoliyati kuchayib bormoqda. Ushbu faoliyatdan olingan foyda saldosi YaMM miqdorini ko’paytirib yuborishi mumkin. O’zbekistonda yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichi hisoblanadi.