YALPIZDOSHLAR

YALPIZDOSHLAR (Agshaseae) yalpizdoshlar qabilasiga mansub ikki yillik urug’pallalilar sinfiga kiradigan eng yirik oila. Ko’p yillik o’glar va ayrim butalardan iborat. Barglari oddiy, qarama-qarshi joylashgan. Gullari qiyshiq, gultojbargchalari tutashgan, ko’pincha ikki labli. 200 turkumi (3500 turi) bor. Urta Osiyoda 53 turkumi (466 turi), O’zbekistonda esa 38 turkumi (204 turi) uchraydi. Ko’pchilik Yalpizdoshlar efir moylariga boy bo’lib, atir-upa sanoatida. tibbiyotda (arslonquyruq, yalpiz, Rayhon, mavrak), ba’zan, ziravor sifatida ovqatga (jambil, Rayhon) ishlatiladi.