Yaltiroq qo’ng’izlarning shu’lasidan hayratga tushmagan odam topilarmikin? Kichkina tirik chiroqchalar mayin shu’la sochayotgan payti bolakaylar ularni tutib, shisha idishga solish yoki qo’lida ushlab turishga g’oyat ishtiyoqmanddirlar. Yaltiroq qo’ngizlarning sirli shu’lasi nafaqat sizni, balki olimlarni ham hayratga solib kelmoqda. Bu hodisa oxirigacha o’rganilmagan va uning noma’lum tomonlari ham mo’l. Yaltiroq qo’ng’izlar shu’lasi ko’p jihatdan nur manbalarinikiga o’xshashdir, faqat ular issiqlik bilan ta’minlanmagan. Bu xil nurlar lyuminessentsiya (jismning sovuq holda nur sochishi) deyiladi. Yaltiroq qo’ng’izning nuri lyusiferin degan modda tufayli hosil qiladi. U kislorod bilan birikkanda nurlanish paydo bo’ladi. Lyusifereyz degan modda bo’lmasa, bu reaksiya amalga oshmaydi. U katalizator vazifasini o’taydi, ya’ni kimyoviy reaksiya amalga oshishiga yordam beradi va yonayotib lyusiferinning nur hosil qilishiga yordam beradi. Olimlar endilikda bu nurni laboratoriyada sinab ko’rishlari mumkin. Buning uchun ular, avvalo hasharotlarning nur tarqatuvchi a’zolaridan olishlari kerak. Kimyogarlar bu garoyib hasharotning nurini mustasil yarata olmaydilar. Bu hamon tabiat siri bo’lib qolmoqda. Yaltiroq qo’ngiz nima uchun kechasi nur taratadi? Bu hodisaning izohlari bisyor. Ulardan biri mana shunday: erkagi va urg’ochisining bir-birini topishi uchun. Yana bir sababi: tungi nurdan qochadigan tungi qushlarni qo’rqitishdir. Biroq olimlar yaltiroq qo’ng’izlarga nima uchun shu’la kerakligiga aniq javob berolmaydilar, nega desangiz, barcha farazlari to’la asoslanmagan. Ularning fikricha, nur-yaltiroq qo’ng’izlar tanasida boradigan kimyoviy reaksiyalarning ikkilamchi samarasidir. Balki u shakllangani bilan hayoti uchun muhim emasdir. Bu hodisaning sabablari nima bo’lishidan qat’i nazar, ko’pchiligimiz ularning yashayotganidan xursandmiz, chunki qorong’i tunda harakat qilayotgan bu tirik chiroqlarga, mitti hasharotlarga tikilish har birimizga zavq bag’ishlaydi.

AMIR TEMUR O’G’LINING O’LIMI HAQIDA RIVOYAT-QISSA

Inson terisi har 27 kunda to’liq yangilanadi

Lasos balig’i miya faoliyati uchun o’ta foydalidir

Bodring og’izdagi hidni ketkazishda katta yordamchi hisoblanadi

Kola va Pepsi tanaga suv emas, balki kislota bo’lib kiradi

Bir kechaning o’zidayoq burun bitishini yo’q qilishning oddiy usul bor

Nonushta vaznni nazorat qilishga yordam beradi

Olimlarning aytishicha, qahvaga qo’shilgan shakar miya faoliyati uchun kuchli rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi

Agar urg’ochi tulki vafot etsa, erkak tulki o’ziga boshqa juft qidirmaydi
