YALTIROQ QUNG’IZLAR

YALTIROQ QUNG’IZLAR — qattiqqanotli hasharotlar turkumiga mansub oila. Uzunligi 1-6 millimetr, tanasi bo’rtiq, yaltiroq. 2000 dan ko’proq, jumladan, O’zbekiston faunasida 10 ga yaqin turi ma’lum. Karamdoshlar, burchoqdoshlar va boshqalar o’simliklar guli, g’unchasi, ayrim turlari quruq o’simlik qoldiqlari, zamburug’miseliylari va raps yaltiroq murdalari bilan oziqlanadi. Bir qancha turlari yirtqich: po’stloqxo’r va uzuntumshuq qo’ngizlar qurtlari, shiralar va koktsidiyasimonlar lichinkalarini qiradi.