YAMATO

YAMATO — Yaponiyada milodiy 3-asrning 2-yarmida vujudga kelgan qabila Ittifoqi; markazi hozirgi Nara shahri atrofida bo’lgan. 4-asr o’rtalariga kelib mamlakatning katta qismini o’ziga tobe etib birlashtirgan, shu bilan birga Kumaso va Ebisu qabilalari qisman bo’ysundirilgan. Yamato qabila Ittifoqi negizida asta-sekin ilk o’rta asr Yapon davlati shakllangan. Yaponiyada ilk temir davriga oid arxeologik madaniyatni (milodiy 3-asr oxiri — 6-asrlar) ham “Yamato” atamasi bilan atash qabul qilingan.