YAMUSUKRO

YAMUSUKRO — Kotd’Ivuar Respublikasi poytaxti. Abidjan shahridan 260 kilometr shimolda joylashgan. Aholisi 189 ming kishi (1998). Transport yo’llari chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziq-ovqat va yog’ochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Prezident qarorgohi, «partiya uyi» Yamusukroda joylashgan. Shahar atrofida kofe, kakao, yams, banan plantatsiyalari bor va boshqalar qishloq xo’jalik ekinlari ekiladi.