YANBOYEVA XURSHIDA IBNIAMINOVNA
YANBOYEVA XURSHIDA IBNIAMINOVNA (1924.7.6, Toshkent) — terapevt-kardiolog. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1980). Tibbiyot fanlari Doktori (1967), professor (1971). I.V.Sechenov nomidagi 1-Moskva tibbiyot institutini tugatgach (1948), toshti sanitariyagigiena va pediatriya ftlari gospital terapiya kafedrasida vrachordinator (1949-54), assistent (1955-60). O’zbekiston O’lka tibbiyot ilmiy tadqiqot institutida katta ilmiy xodim (1960-66), toshti Markaziy ilmiy tadqiqot laboratoriya mudiri (1966— 69), toshti 2-davolash fakulteti gospital terapiya kafedrasida professor (1969-75), ayni vaqtda respublika kardiologlar ilmiy jamiyatining raisi bo’lgan. Ilmiy ishlari kardiologik va revmatologik kasalliklarni o’rganishga bag’ishlangan. «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1998). As: Revmaticheskie poroki serdtsa, T., 1965; Revmatoidnsh artrit, T., 1975 (T.S.Soliev bilan birgalikda); Ocherki kardiologii jarkogo klimata, T., 1975 (Z.I.Umidova, G.Korolyov bilan birgalikda).