YANGI AHD

YANGI AHD — Bibliyaning bir qismi. Qadimgi ahddan farqli ravishda faqat xristianlikda e’tirof etiladi. 4 Injil va boshqalar muqaddas yozuvlar to’plamidan iborat. Yunon tilida yozilgan. Unda Iso Masihning yerdagi hayoti, u chekkan azob-uqubatlar, ko’rsatgan mo’jizalari, tirilishi va boshqalar haqidagi rivoyatlar, pand-nasihatlar bor. Taxminan 1-asrning 2-yarmi — 2-asr boshlarida yaratilgan. Yangi ahd xristianlikning paydo bo’lishi tarixini o’rganishda muhim manbalardan hisoblanadi.