YANGI ANGLIYA

YANGI ANGLIYA — AQShning shimoliy- Sharqiy qismida tarixiy tarkib topgan hudud nomi. Yangi Angliyada Massachusets, Konnektikut, rodaylend, Nyuxempshir, Vermont, men Shtatlari joylashgan. Maydoni 172,6 ming kilometr kvadrat. Aholisi 15,2 million kishidan ziyod (2002). Eng muhim sanoat, savdo-moliya va madaniyat markazi va porti — Boston shahri yuqori malakali mutaxassislar mehnati talab etiladigan sanoat tarmoqlari rivojlangan. Iqtisodiy faol aholining 1/3 qismi ishlab beruvchi sanoat tarmoqlarida band. Qishloq xo’jaligi shahar aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga ixtisoslashtan. «Yangi Angliya» nomi shu hududdagi shimoliy Amerika sohillarini tadqiq etgan (1614) ingliz kapitani J.Smit tomonidan berilgan. Hududni mustamlakaga aylantirish, asosan, 17-asrning 20-yillaridan boshlangan. Yangi Angliya inglizlarning Amerikadagi mustamlakalari orasida iqgisodiy jihatdan eng rivojlangan hududi edi. Yangi Angliya aholisi 1775-78 yillarda shimoliy Amerika mustaqilligi uchun va 1861-65 yillardagi fuqarolik urushida faol ishtirok etgan.