YANGI ANGREN ISSIQLIK ELEKTR STANTSIYASI
YANGI ANGREN ISSIQLIK ELEKTR STANTSIYASI — O’zbekiston energetika tizimidagi yirik issiqlik elektr stansiyasi; unitar korxona. Toshkent viloyati Angren shahri yaqinidagi Nurobod shaharchasida joylashgan. stansiyaning o’rnatilgan quvvati 2100 MVt, har biri 300 MVt quvvatli 7 energoblokka ega. Stansiya qurilishi va tayyorgarlik ishlari 1976 yilda boshlangan. 1985 yil 3 aprelda st-yaning 1energobloki foydalanishga topshirilgan. 1995 yil 23 avgustda 7-energoblok ishga tushirilgan. Energobloklarning asosiy yoqilg’isi 1blokdan 5-blokkacha — ko’mir va gaz, rezerv yoqilg’i — mazut; 6 va 7-bloklarda — gaz, zaxira yoqilg’i — mazut. Farg’ona vodiysi, Toshkent shahri va Olmaliq-Ohangaron sanoat rayoni korxonalarini elektr quvvati bilan ta’minlaydi. Quvatlar 220 va 500 kv elektr uzatish liniyalari orqali tarqatiladi. 2003 yilda 5588,5 million kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqarildi, iste’molchilarga 132 ming Gkal issiqlik Energiyasi berildi.