YANGI IQTISODIY SIYOSAT
YANGI IQTISODIY SIYOSAT – Sovet davlatida 1921-yilda joriy etilgan. Tovar-pul munosabatlariga keng o’rin berilgan, denatsionalizatsiya amalga oshirilgan, xususiy ishlab chiqarish va savdoga keng o’rin berilgan va yagona oziq-ovqat solig’i joriy etilgan. Yangi iqtisodiy siyosatdagi kapitalistik munosabatlar iqtisodiyotni tez tiklash va rivojlantirishga imkon berdi. Faqat og’ir sanoat, bank, temiryo’l, tashqi savdogina davlat monopoliyasida bo’lgan. Moliya tizimi pul islohoti orqali kuchaytirilgan. 1928-yildan boshlab inkor etilib, ma’muriy-buyruqbozlikka o’tildi.