YANUS

YANUS — Rim mifologiyasida eshik, kirish-chiqish, keyinchalik — har qanday ishning boshi (shu jumladan, inson hayotining ham boshlanishi) hamda bitimlar va ittifoqlar xudosi. Yanus Qasri darvozasini urush e’lon qilinganda ochishgan (qo’shinlar jangga shu dar- vozadan chiqqan) va sulh tuzilgandan so’ng yopishgan. Yilning 1-oyi — yanvar unga bag’ishlangan (Yanus sharafiga bayram 9 yanvarda nishonlangan). Turli tomonga qarab turgan 2 qiyofada (keksa va yosh ko’rinishida) tasvirlangan. Bunda o’tmishgina emas, balki kelajak ham Yanusga ma’lum, degan fikr o’z ifodasini topgan. Ko’chma ma’noda — «ikki qiyofali Yanus»— ikkiyuzlamachi odam.