YARIMO’TKAZGICHLAR

YARIMO’TKAZGICHLAR — elektr tokini yaxshi o’tkazuvchi moddalar (o’tkazgichlar, asosan, metallar) va elektr tokini amalda o’tkazmaydigan moddalar (dielektriklar) orasidagi oraliq vaziyatni egallaydigan moddalar. Mendeleyev davriy sistemasida II, III, IV, V va VI guruhlarda joylashgan ko’pchilik elementlar. ularning bir qator birikmalari Yarimo’tkazgichlar jumlasiga kiradi. Yarimo’tkazgichlarda ham metallardagi kabi elektr o’tkazuvchanlik elektronlarning harakati tufayli yuzaga keladi. Biroq elektronlarning harakatlanish sharoitlari metallar va Yarimo’tkazgichlarda turlicha bo’ladi. Yarimo’tkazgichlar quyidagi asosiy xususiyatlarga ega: Yarimo’tkazgichlarning elektr o’tkazuvchanligi temperatura ko’tarilishi bilan ortib boradi (masalan, temperatura 1 K ga ortganda Yarimo’tkazgichlarning solishtirma o’tkazuvchanligi 16-17 marta ortadi); Yarimo’tkazgichlarning elektr o’tkazuvchanligida erkin elektronlardan tashqari atom bilan bog’langan elektronlar ham ishtirok etadi (ba’zi hollarda bog’langan elektronlar asosiy rol o’ynaydi); sof Yarimo’tkazgichlarga oz miqdorda qo’shilma kiritib, uning o’tkazuvchanligini keskin o’zgartirish mumkin (masalan, 0,01% qo’shilma kiritilganda Yarimo’tkazgichlarning o’tkazuvchanligi 10000 marta ortib ketadi). Past temperaturalarda Yarimo’tkazgichlarning solishtirma qarshiligi juda katta bo’ladi va amalda ular izolyator hisoblanadi, lekin temperatura ortishi bilan ularda zaryad tashuvchilarning kontsentrasiyasi keskin ortadi. Masalan, sof kremniyda 20° temperaturada erkin elektronlar kontsentrasiyasi ~1017 m~3 bo’lsa. 700° da 1024 m»3 gacha, ya’ni million martadan ko’proq ortadi. Yarimo’tkazgichlarda erkin elektronlar kontsentrasiyasining traga bunday keskin bog’likligi o’tkazuvchanlik elektronlari issiqlik harakati ta’sirida hosil bo’lishini ko’rsatadi. Yarimo’tkazgich kristallda atomlar valent elektronlari yordamida o’zaro bog’langan. Atomlarning issiqlik tebranishlari vaqtida issiqlik energiyasi valent elektronlar orasida notekis taqsimlanadi. Ayrim elektronlar o’z atomi bilan bog’lanishni uzib, kristallda erkin ko’chib yurish imkonini beradigan etarli miqdordagi issiqlik energiyasiga ega bo’lib qolishi va erkin elektronlarga aylanishi mumkin. Tashqi elektr maydon bo’lmaganda bu erkin elektronlar tartibsiz harakat qiladi. Elektr maydon ta’sirida esa maydonga qarshi yo’nalishda tartiblangan harakatga kelib, Yarimo’tkazgichlarda tok hosil qiladi. Erkin elektronlar yuzaga keltirgan o’tkazuvchanlik elektron yoki ptip o’tkazuvchanlik deb ataladi. Bog’langan elektronning o’z atomini «tashlab ketishi» atomning elektr neytralligini buzadi. unda «ketib qolgan» elektron zaryadiga miqdoran teng musbat zaryad — teshik vujudga keladi. Tashqi elektr maydon bo’lmaganda elektronlar ham, teshiklar ham tartibsiz harakatlanadi, tashqi maydon bo’lganda esa elektronlar maydonga qarshi, teshiklar maydon bo’ylab ko’chadi. Teshiklarning ko’chishi bilan bogliq o’tkazuvchanlik teshikli yoki rtmp o’tkazuvchanlik deyiladi. Erkin elektronlar soni bilan teshiklar soni bir-biriga tengligi tushunarli. Aniqlanishicha, ularning harakatlanish tezligi ham bir xil ekan. Demak, Yarimo’tkazgichlardagi tok ayni vaqtda ham elektron, ham teshikli o’tkazuvchanlikdan vujudga keladi. Bunday elektronteshikli o’tkazuvchanlik Yarimo’tkazgichlarning xususiy o’tkazuvchanligi deyiladi. Xususiy o’tkazuvchanlik sof Yarimo’tkazgichlarda kuzatiladi. Biroq tabiatda sof Yarimo’tkazgichlar yo’q. Ba’zi qo’shilmalar Yarimo’tkazgichlarni erkin elektronlar bilan boyitsa, boshqa ba’zi qo’shilmalar teshiklar bilan boyitadi. Yarimo’tkazgichlarda yuzaga keladigan bunday o’tkazuvchanlik qo’shilmali o’tkazuvchanlik deb ataladi. Agar asosiy Yarimo’tkazgichlar atomi o’rniga elementlar davriy sistemasida undan keying guruhda turgan element atomi kiritilsa, bu qo’shilma atomning bitta valent elektroni atomlararo bog’lanishda ishtirok etmaydi va erkin elektronlar safiga qo’shiladi, binobarin, itip o’tkazuvchanlik ortadi. Va, aksincha, undan oldingi o’rinda turgan element atomi kiritilsa, atomlararo to’la bog’lanishda 1 ta elektron etishmaydi, teshik hosil bo’ladi. Bunda rtip o’tkazuvchanlik ortadi. Qo’shimcha birinchi holda donor (elektron beruvchi) qo’shilma, ikkinchi holda esa aktseptor (elektron oluvchi) qo’shilma deb ataladi. Shunday qilib, Yarimo’tkazgichlarning elektr o’tkazuvchanligi xususiy va aralashmali o’tkazuvchanliklar yig’indisidan iborat bo’ladi. Yuqori temperaturalarda xususiy o’tkazuvchanlik, past tralarda esa qo’shilmali o’tkazuvchanlik asosiy rol o’ynaydi. Sunnat G’oipov.