YASOVUL
YASOVUL, yasavul — o’rta asrda turkiy va mo’g’ul xonliklaridagi saroy mansabi. Dastlab, yasa ko’rsatmalariga asoslangan farmonlarni (hukmdor Farmonlarini) ijro etuvchi mansabdor shaxs. Keyinchalik zimmasiga saroyda turli xildagi ma’muriy-siyosiy mayda topshiriqlarni bajarish Yuklangan kichik xizmatchi. Manbalarga ko’ra, ya.lar soliq to’plash va olingan o’ljaning xonga tegishli qismini hisoblash bilan ham shug’ullanganlar. «Mehmonnomayi Buxoro» asarida aytilishicha, 1509 yil Shayboniyxon Arquqdan Turkistonning Sharqiy tumanlariga tag’or solig’ini yig’ish uchun yasovullar jo’natgan. Shuningdek, Shayboniyxon Hisorda bo’lgan chog’da (1505 yil) Yasovullar tushgan o’ljadan xonga tegishli qismini xon qarorgohiga keltirganlar, uni xon farmoniga ko’ra Samarqandga jo’natganlar.