YASSI

YASSI — Qirg’izistonning O’sh viloyatidagi daryo. Qoradaryoning o’ng irmog’i. Uzunligi 122 kilometr. Farg’ona tizmasining g’arbiy yon bag’ridan, bolsun tog’idan 2,5 kilometr g’arbda, 3500 metr balandlikda boshlanadi. Havzasining maydoni 2620 kilometr kvadrat. Qor suvlaridan to’yinadi. Qoradaryoga O’zgan shahridan 12 kilometr quyiroqda qo’shiladi. Asosiy irmoqlari: Ulug’chat, zindonsu, Kichikqo’shbuloq, Do’ng’uztov, zerger (o’ngdan) va Ko’lduk (chapdan). Ko’lduk soyining qo’shilishidan quyiroqda Daryo suvi sug’orish kanallari orqali taqsimlanadi. O’rtacha yillik suv sarfi Salomalik qishlog’i yonida 42,2 m3/sekunddan 9,52 m3/sekundgacha; O’zgan shahri yonida 75 m3/sekunddan 16,8 m3/sekundgacha o’zgaradi. To’linsuv davri mart—avgustda.