YAVANTROP

YAVANTROP, ngandon yoki Soloy odami — qazilma odam, skeleti qoldiqlari (PTA to’liq bo’lmagan bosh suyagi va 2 ta katta boldir suyagi) 1931— 33 yillarda Yava orolining ngandon qishlog’i yaqinida Solo daryosi qirg’oqlarida yuqori pleystosen qatlamlaridan topilgan. Dastlabki Geologik yoshi (60-50 ming yil) va ayrim morfologik belgilariga binoan yavantropni paleoantroplarga kiritilgan. Lekin keyinchalik bosh suyagining tuban tuzilishi belgilariga (ko’z usti bo’rtig’ining qalinligi, bosh miya qutisi hajmining kichik — 1100 sm3 bo’lishi va boshqalar) binoan Yavantropni arxantroplar (pitekantroplar)ga mansubligi aniqlandi. Bosh suyagida juda ko’p jarohatlar bo’lishi Yavantrop orasidagi kannibalizm, «boshni ovlash» va «bosh qutisiga sig’inish» bilan tushuntiriladi.