YAXLIT BOSHLILAR

YAXLIT BOSHLILAR, yaxlit bosh suyaklilar — tog’ayli baliqlar kenja sinfi. Skeleti tog’aydan iborat. Yuqori jag’ suyagi yaxlit. Yuqori jag’tog’ayli bosh qutisi bilan qo’shilib ketgan (golostiliya, nomi shundan). Terisi yalang’och, ba’zan tishchalar yoki tangachalar bilan qoplangan. Tishlari naysimon dentin, emalsiz, ko’pincha qo’shilib plastinka hosil qiladi. Jabra yoriqlari 2 juft, teri burmalari bilan yopilgan. Yaxlit boshlilarning 1 ta ximerasimonlar turkumiga birlashadigan bir necha o’n xil turi bor.