YEFREMOVA KLAVDIYA GRIGOREVNA

YEFREMOVA KLAVDIYA GRIGOREVNA (1916.7.11, Perovsk, hozirgi Qizilo’rda — 2000.12.7, Toshkent) — O’zbekiston xalq artisti (1959). Qirg’izistonda xizmat ko’rsatgan artist (1943). 1936— 41 yillarda Qirg’iziston yosh tomoshabinlar teatrida, 1941-43 yillarda Prjevalsk teatrida, 1943-47 va 1951-52 yillarda Frunze (hozirgi Bishkek) drama teatrida, 1952-2000 yillar O’zbekiston akademik rus drama teatrida aktrisa. Lirik-dramatik rollar ijrochisi. Obrazlari ta’sirchan, sodda va samimiyligi bilan ajralib turadi. Eng yaxshi rollari: marta («Baliqchining o’g’li»), Lyusya, Tanya, Valya («Sargardonlik yillari», «Tanya», «Irkutsk voqeasi»), Xolisxon («paranji sirlari»), Chjou fan-i («tayfun»), Alina («qashshoq qalb egasi»), Kolsova («Favqulodda elchi»), Eleyn Bendshal («Qonli sarob»), Mariya («Mariya»), Matisa («uchovlon») va boshqalar.