YER OSTI INSHOOTLARI
YER OSTI INSHOOTLARI – yer qatlamida sun’iy usul bilan hosil qilinadigan inshootlar. Iqlim sharoitlari qulay bo’lmagan (havo temperaturasi keskin o’zgarib turadigan, yog’ingarchilik uzoq vaqt davom etadigan, sel ko’p bo’ladigan va boshqalar) joylarga, past-baland relefli yerlarga Yer osti inshootlari quriladi. Shartli ravishda transport va gidrotexnik tunnellari, metropoliten, elektr stansiyalar, baza omborlari hamda sovitkichlar, shahar xo’jaligi ob’yektlari (yo’lovchilar o’tish joylari, Garajlar, kollektorlar va boshqalar), ichimlik suvi rezervuarlari, neft va gaz omborlari, zararli ishlab chiqarish chiqindilari ko’miladigan o’ralar, davolash muassasalari, harbiy ob’yektlar uchun quriladigan inshootlar Yer osti inshootlari jumlasiga kiradi. Yer osti inshootlari qurilishi ayniqsa kon sanoatida ancha rivojlangan.