YER RENTASI
YER RENTASI – qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan quruq yerdan foydalanganlik uchun yer egasiga to’lanadigan haqdir. Renta darajasi, ya’ni renta qiymati quyidagi omillarga: yerning tabiiy unumdorligiga, yerning iste’molchilarga nisbatan joylashish darajasiga va unga sarf etilgan moddiy va mehnat resurslari xarajati miqdoriga bog’liqdir.