YER SOLIG’I

YER SOLIG’I – yer egalari, yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilar to’laydigan soliq. Uning miqdori yer egalari, yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilar xo’jalik faoliyatining natijalariga bog’liq bo’lmasdan, balki bir yil uchun yer birligiga nisbatan barqaror to’lovlar ko’rinishida o’rnatiladi. O’z mulkida, egaligida yoki foydalanishida yer uchastkalariga ega bo’Igan yuridik va jismoniy shaxslar bu soliqning to’lovchilaridir. Soliqning stavkasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Yer solig’i yuridik shaxslar tomonidan har yili birinchi yanvargacha bo’lgan holatga qarab mustaqil hisoblab chiqariladi va soliq bo’yicha hisob-kitoblar yer uchastkasi joylashgan hududdagi soliq organiga joriy yilning birinchi fevraligacha taqdim etiladi. Yuridik shaxslar tomonidan (qishloq xo’jaligi korxonalaridan tashqari) soliq yilning har choragida ikkinchi oyning 15-kunigacha to’lansa, qishloq xo’jaligi korxonalari bu soliqni bir yilda bir marta – hisobot yilining 15-dekabrigacha to’laydilar. Bu muddat jismoniy shaxslar uchun joriy yilning birinchi noyabrigacha belgilangan.