YER UCHUN IJARA HAQI

YER UCHUN IJARA HAQI – uning hajmi (o’lchami), shartlari va o’tkazish muddatlari shartnomaga muvofiq o’rnatiladi. Qishloq xo’jaligi maqsadlariga mo’ljallangan yerlar ijaraga olinganda uning miqdori ijaralangan uchastkalardan olinadigan yer solig’ining summasidan oshmasligi kerak. Yer uchun ijara haqi alohida yoki butun ijaraga olingan mulkning ijara haqi tarkibida ham olinishi mumkin. Lekin bu holda ham yer uchun ijara haqi, albatta, mahalliy budjetning daromadiga o’tkazilishi kerak.