YER UCHUN TO’LOVLARNING SHAKLLARI
YER UCHUN TO’LOVLARNING SHAKLLARI – yer solig’i, ijara haqi va yerning normativ bahosidan iborat. Yerning egalari, yerning mulkdorlari va yerdan foydalanuvchilar yillik yer solig’iga tortiladi. Ijaraga berilgan yer uchun ijara haqi olinadi. Qonunda ko’zda tutilgan hollarda sotib olish va bankdan kredit olish uchun garov sifatida yerdan foydalanilganda yerning normativ bahosi belgilanadi (o’rnatiladi).