Yerning issiqlik mintaqalari, Yerning harorat mintaqalari

Yerning issiqlik mintaqalari, Yerning harorat mintaqalari – iqlimni yer yuzasida quyosh issiqligining taqsimlanishi va havo haroratiga qarab klassifikatsiya qilish sistemasi. Yer sharida odatda quyidagi issiqlik mintaqalari ajratiladi: i s s i q mintaqa – bu yerda umuman sovuq bo`lmaydi. Radiatsiya balansi (R) yiliga 60 k kal/s,kv.km dan ortiq, faol haroratlarning yillik miqdori 6000-8000°C ga teng; 2 ta mo`tadil issiq mintaqa – yillik radiatsiya balansi 50 dan 60 kkal/sm.kv gacha, faol haroratlar yig`indisi 4000-6000°C, eng salqin oyning o`rtacha harorati 4°C dan yuqori, 2 ta mo`tadil mintaqa – yillik radiatsiya balansi 20 dan 50 kkal/sm,kv gacha, faol haroratlar yig`indisi 1500-4000°C; 2 ta mo`tadil sovuq mintaqa – yillik radiatsiya balansi 20 kkal/sm,kv dan kam, eng iliq oyning o`rtacha harroati 10°C bilan 5°C oralig`ida; 2 ta sovuq mintaqa – eng iliq oyning o`rtacha harorati 5° dan yuqori ko`tarilmaydi, suv yilning ko`p vaqtida qor va muz holatida bo`ladi.