YERNING SUTKALIK AYLANISHI

YERNING SUTKALIK AYLANISHI -dunyoning shimol qutbidan qaraganda, yerning o’z o’qi atrofida g’arbdan sharqqa tomon yoki soat strelkasiga teskari aylanishi. Yerning sutkalik aylanishi natijasida kun bilan tun almashinadi; sutkaning uzunligi ham shunga bog’liq. Yer bir maromda aylanmaydi; uni oy va Quyosh tortishi tufayli sutkaning uzunligi har yuz yilda 1-2 soat to’xtovsiz ortib boradi, mavsumiy o’zgarishlar (yog’inlar va boshqalar), tektonik jarayonlar va boshqalar natijasida esa sutka uzunligi yil davomida 1-2 soat atrofida o’zgarib turadi. Yerning sutkalik aylanishida yer o’qining holati, binobarin, Yerning geografiya qutblari presessiya va nutasiya natijasida o’zgarib turadi.