YERTOSHSOY

YERTOSHSOY — Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi soy, Ohangaron daryosining o’ng irmog’i. Chatqol tizmasidagi Odamtosh dovonining Janubiy yon bag’ridan boshlanadi. Yertoshsoyning 60 dan ziyod irmog’i bor, eng yirik irmog’i Qizilchasoydir. Uzunligi 17 kilometr, havzasining maydoni 151 kilometr kvadrat. Yertoshsoy asosan qor, yomg’ir va buloq suvlaridan to’yinadi. O’rtacha ko’p yillik suv sarfi 3 metr kub/sekund, suvining asosiy qismi (65-70%) mart—iyun oylarida oqib o’tadi. Ba’zan sel toshqinlari bo’lib, suv sarfi 65 metr kub/sekundgacha yetadi (1953.18.5). Yertoshsoy bo’yida Yrtoshsoy qishlog’i joylashgan.