YESENBOEV ZIYOD ISLOMOVICH
YESENBOEV ZIYOD ISLOMOVICH (1921.21.6, Qibray tumani) — jurnalist, noshir va jamoat arbobi. 2-jahon urushi qatnashchisi (1939-46). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi (1967). «Qizil O’zbekiston» gazetasida bo’lim mudiri, mas’ul kotib va muharrir o’rinbosari (1948— 54), muharrir (1961-63). «Toshkent haqiqati» gazetasi muharriri (1954-61). O’zbekiston davlat matbuot qo’mitasi raisi (1963-84), ayni paytda O’zbekiston Jurnalistlar uyushmasi boshqaruvi raisi (1962-84). «Muxbir» — «Korrespondent» jurnal bosh muharriri o’rinbosari (1984-90), O’zbekiston Respublikasi matbuotini qo’llab-quvvatlovchi jamg’arma boshqaruvi raisi (1993-95). «O’zbekiston matbuoti» jurnal bosh muharriri (1991-2002). Bir qancha kitoblar va publisistik maqolalar muallifi. Uch kitobdan iborat «matbuotimiz fidoyilari» to’plamini tuzgan va nashrga tayyorlagan. «El-yurt hurmati» ordeni (1998), «jasorat» medali (1995) bilan mukofotlangan. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1981). As: Bryussel vistavkasi xotiralari, T., 1959; ming Orol mamlakatida, T., 1964; Zdravstvuy, tovaritsh kniga, T., 1972.